Telegram bot yaratish — biznesingiz uchun, buyurtma asosida
Mijozlaringiz allaqachon Telegram’da. Bot ularning savoliga javob beradi, arizani yig‘adi va sizga yetkazadi — kechasi ham, dam olish kunida ham.
Narxi: 5 mln so‘mdan Yakuniy narx bot vazifasiga bog‘liq: bo‘limlar soni, katalog, to‘lov yoki boshqa tizimlar bilan ulanish — vazifani ko‘rib chiqib, aniq narxni oldindan aytamiz.
Telegram bot qaysi muammoni hal qiladi
Ko‘p biznesda bir xil savollar kun bo‘yi takrorlanadi: narxi qancha, manzil qayerda, qachon ishlaysiz, qanday buyurtma beraman. Menejer javob berguncha mijoz boshqa joyga yozib qo‘yadi. Reklamadan kelgan ariza esa chatlar orasida yo‘qolib ketadi.
Telegram bot bu jarayonni tartibga soladi: oddiy savollarga darhol javob beradi, mijozdan kerakli ma’lumotni (ism, telefon, xizmat turi) so‘rab oladi va tayyor arizani menejeringizga yoki guruhingizga yuboradi. Menejer vaqtini asosan tayyor arizalarga sarflaydi.
Qanday botlar yaratamiz
Bot yasash — shablon emas. Avval biznesingizda mijoz qanday yo‘l bosib o‘tishini ko‘ramiz, keyin bot shu yo‘lga moslab quriladi. Ko‘p so‘raladigan turlari:
- Ariza va konsultatsiya boti — reklama yoki saytdan kelgan mijozdan ma’lumot yig‘ib, menejerga yuboradi
- Katalog boti — mahsulot yoki xizmatlar ro‘yxati, narx, rasm va tavsif bilan
- Buyurtma boti — mijoz tanlaydi, savatga qo‘shadi, buyurtma beradi
- Yozilish boti — xizmatga vaqt band qilish va eslatma
- Savol-javob boti — ko‘p beriladigan savollarga avtomatik javob
- Ichki bot — jamoa uchun xabarnoma, hisobot yoki ariza nazorati
Botga nima kiradi
Ish boshlashdan oldin botning har bir tugmasi va xabarini kelishib olamiz, shuning uchun nima olishingizni oldindan bilasiz.
- Mijoz yo‘li va menyu tuzilmasi (qaysi tugma qayerga olib boradi)
- Bot matnlari o‘zbek va rus tilida
- Bot ko‘rinishi: ism, rasm, tavsif, buyruqlar
- Arizalarni sizga yetkazish: menejer, Telegram guruh yoki boshqa tizim
- Kerak bo‘lsa — to‘lov, jadval yoki CRM bilan ulanish (imkoniyati vazifa bo‘yicha aniqlanadi)
- Ishga tushirishdan oldin sinov va kamchiliklarni tuzatish
Bot, sayt va reklama — bitta zanjir
Bot o‘zi mijoz olib kelmaydi — unga odam reklama, sayt yoki kanal orqali keladi. B2lead’da reklama, sayt va bot bitta jamoada qilinadi: reklama e’loni, landing sahifa va bot matni bir-biriga mos bo‘ladi, mijoz yo‘lida uzilish qolmaydi.
Agar sizga Telegram ichida to‘liq do‘kon yoki shaxsiy kabinet kerak bo‘lsa, oddiy bot o‘rniga Telegram Mini App mos kelishi mumkin. Qaysi biri kerakligini birinchi suhbatda birga aniqlaymiz.
Bot buyurtma qilishdan oldin nimani tayyorlash kerak
Hammasini tayyor holda olib kelish shart emas — birinchi suhbatda birga aniqlaymiz. Lekin quyidagilar bo‘lsa, ish tezroq va aniqroq boshlanadi:
- Bot nima qilishi kerakligi — bir-ikki gapda
- Mijozlar eng ko‘p beradigan 5–10 ta savol
- Xizmatlar yoki mahsulotlar ro‘yxati, narxlar va rasmlar (katalog bo‘lsa)
- Arizani kim qabul qiladi: menejer, guruh yoki tizim
- Hozir ishlatayotgan tizimlar (jadval, CRM, to‘lov), agar bo‘lsa
Telegram bot narxi nimaga bog‘liq
Telegram bot yaratish narxi B2lead’da 5 mln so‘mdan boshlanadi. Oddiy ariza boti va katalog, buyurtma, to‘lov hamda boshqa tizimlar bilan ulangan bot hajmi har xil — narx ham shunga qarab o‘zgaradi. Vazifangizni ko‘rib chiqib, aniq narxni ish boshlashdan oldin kelishamiz.
Qanday ishlaymiz
- 01
Tanishuv: biznesingiz va mijoz yo‘lini o‘rganamiz
- 02
Bot tuzilmasi, matnlar va narxni kelishamiz
- 03
Botni yaratamiz va ulanishlarni sozlaymiz
- 04
Birga sinaymiz, kamchiliklarni tuzatamiz
- 05
Ishga tushiramiz va qanday boshqarishni ko‘rsatamiz
Tajribamizdan
Avione (avia va temir yo‘l chiptalari servisi) uchun bot va Mini App’ni biz yaratganmiz, Telegram kanalini esa AI-bot yuritadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
B2lead’da 5 mln so‘mdan. Aniq narx bot vazifasiga bog‘liq — bo‘limlar, katalog, to‘lov va boshqa tizimlar bilan ulanish. Vazifani ko‘rib chiqib, narxni oldindan aytamiz.
Muddat botning hajmiga bog‘liq. Vazifangizni ko‘rib chiqib, aniq muddatni ish boshlashdan oldin aytamiz.
Ha, bot matnlarini ikkala tilda tayyorlaymiz, mijoz o‘ziga qulay tilni tanlaydi.
Narx, matn yoki katalogni o‘zingiz yangilashingiz kerak bo‘lsa, buni birinchi suhbatda ayting — imkoniyatini vazifaga qarab birga aniqlaymiz.
Ariza, savol-javob va oddiy buyurtma uchun odatda bot yetadi. Telegram ichida to‘liq do‘kon yoki kabinet kerak bo‘lsa — Mini App. Birinchi suhbatda birga hal qilamiz.
Boshqa xizmatlar
BEPUL KONSULTATSIYA
Botingiz nima qilishi kerakligini yozing — narx va muddatni ko‘rib chiqib aytamiz
Qisqa ariza qoldiring — telefon orqali bog‘lanib, vazifangizni muhokama qilamiz.