Konsultatsiya olish

Maxfiylik siyosati

Yangilangan: 2026-yil 18-noyabr

Biz kimmiz

Bu sayt (b2lead.uz) B2lead raqamli marketing jamoasiga tegishli. Aloqa: +998 90 125 23 21, b2lead@gmail.com, Toshkent, Nukus ko‘chasi 72/2.

Qanday ma’lumotlar yig‘amiz

Ariza formasida siz o‘zingiz yozgan ma’lumotlar: ism, telefon raqami, ixtiyoriy ravishda Telegram nomi va tanlangan xizmat turi.

Saytdan foydalanish haqidagi texnik ma’lumotlar: ko‘rilgan sahifalar, qurilma va brauzer turi, sahifada harakatlar. Ular Yandex Metrika orqali yig‘iladi, Metrika cookie fayllardan foydalanadi va sahifadagi harakatlarni yozib boradi (Vebvizor).

Nima uchun ishlatamiz

Arizangizga javob berish va siz bilan bog‘lanish uchun.

Saytni yaxshilash va reklama natijasini tushunish uchun. Bunda ma’lumotlar umumlashtirilgan holda ko‘riladi.

Kimlarga ma’lumot boradi

Ariza matni bizning Telegram botimiz orqali jamoamizga yetkaziladi. Sayt va ariza yuborish xizmati Cloudflare orqali ishlaydi. Statistikani Yandex Metrika yuritadi.

Ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaymiz.

Sizning huquqlaringiz

Ma’lumotlaringiz haqida so‘rash, ularni to‘g‘rilash yoki o‘chirishni talab qilish uchun b2lead@gmail.com manziliga yozing yoki +998 90 125 23 21 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Ma’lumotlarni qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

Cookie fayllarni brauzer sozlamalarida o‘chirib qo‘yishingiz mumkin, bunda sayt baribir ishlaydi.

O‘zgarishlar

Siyosat o‘zgarsa, yangi variant shu sahifada e’lon qilinadi.